1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“100 metr masofaga sekin haydadim” (video)

Voyaga yetmagan 16 yoshli bola hujjatsiz avtomobil boshqargani aniqlandi.

“100 metr masofaga sekin haydadim” (video)

 

O‘tkazilgan reyd tadbirlarida Surxondaryoda to‘xtatilgan “Spark” rusumli avtomobil boshqaruvidan 16 yoshli bola tushib keldi. Bu haqda  Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati maʼlum qildi.

 

Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

 

“Barcha ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklarini, eʼtiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 7-sinf o‘quvchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida mudhish hodisa ro‘y bergandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика