1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

100 nafar falastinlik O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

Evakuatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda qoladi.

100 nafar falastinlik O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

 

100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar ularning hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi. Bu haqida O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, ushbu evakuatsiya ikki davlatning Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirildi. Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni navbatdan tashqari arab-islom sammitida so‘zlagan nutqida urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor ekanini aytgandi.

 

Evakuatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda qoladi. Ushbu bemor falastinliklar davolanish va sog‘liqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.

 

O‘zbekiston hukumati ularga mamlakatda bo‘lish davrida oilasining barcha ehtiyojlari, jumladan, mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan ta’minlaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика