1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

14-iyun uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Respublikaning ayrim hududlarida chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

14-iyun uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

14-iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 M/S tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20, kunduzi 32-34 daraja bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 19-24 daraja bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика