«Ochiq aytish kerak, energetika sohasidagi muammolar bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q.
Ko‘p yillar davomida yangi gaz konlariga investitsiya kiritilmagani, elektr va gaz tarmoqlari modernizatsiya qilinmagani ham, ayni haqiqat.
Oqibatda, tizimda aniq hisob-kitob yo‘qligi, katta yo‘qotishlar oddiy holga aylanib qolgan edi.
Shu bilan birga, so‘nggi olti yilda aholimiz 12 foizga, sanoat korxonalari esa 2 barobarga ortib, 45 mingdan 100 mingtaga ko‘paydi.
Natijada, elektr energiyasiga talab kamida 35 foizga oshdi va yildan-yilga ko‘payib bormoqda», — Prezident.
«Iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishi uchun, energetika sohasiga 25-30 milliard dollar investitsiya kerak.
Bunga faqatgina xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali erishish mumkin.
Shu bois, so‘nggi uch yilda sohaga 8 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi.
Jumladan, o‘tgan haftada Buxoro, Namangan va Xorazmda quvvati 500 megavattli yana 3 ta quyosh stansiyalarini qurish bo‘yicha tanlov yakunlandi», — Prezident.
«Yil boshidan quvvati 1,5 ming megavattli 7 ta elektr stansiyasini ishga tushirdik.
Kelasi yilda yana 4,5 ming megavattli 11 ta yirik loyihani yakuniga yetkazamiz.
Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga, qo‘shimcha 14 milliard kilovatt elektr ishlab chiqariladi.
Bu orqali, xonadonlarga beriladigan elektr energiyasi 50 foizga ko‘payadi», — Prezident.
«Bu bo‘yicha shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilmaymiz. Lekin odamlarni rozi qilib, erkin bozor yo‘nalishiga o‘tamiz», — Shavkat Mirziyoyev.
«Kelasi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o‘rnatiladi.
Ushbu maqsadlarda 2 milliard dollar miqdorida investitsiya jalb qilinadi.
Buning hisobiga, ularning 60 foiz elektr va gaz isteʼmoli “yashil energiya”ga o‘tkaziladi.
Aholi xonadonlarida esa, quyosh paneli o‘rnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobarga ko‘paytiriladi», — Prezident.


