1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

159 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan

Hujjat topshirgan 805 688 nafar abituriyentning 740 352 nafari test sinovlarida ishtirok etgani ma'lum qilindi.

159 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan

 

AOKAda Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2024/2025-o‘quv yili uchun ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlari yuzasidan ma’lumot berildi.

 

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-25 iyul kunlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq 73 ta katta sig‘imli binoda ochiq va xolis o‘tkazildi.

 

Jarayonni xavfsiz va betalafot o‘tkazish uchun 1 578 nafar ichki ishlar, 833 nafar Milliy gvardiya, 314 nafar Yong‘in xavfsizligi va 233 nafar Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari jalb etildi. Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 3 000 nafarga yaqin guruh nazoratchisi, shuningdek, gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 120 nafar surdotarjimon jalb etildi.

 

Hujjat topshirgan 805 688 nafar abituriyentning 740 352 nafari (91,9%) test sinovlarida ishtirok etdi, 65 336 nafar (8,1 %) abituriyent turli sabablarga ko‘ra qatnashmadi.

 

Test sinovlarida ishtirok etgan 740 352 nafar abituriyentdan 418 ming nafardan ortig‘i yoki 56,5% (2023 yilda 53.3%) 56,7 dan yuqori ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. 321 ming nafardan ortig‘i yoki 43,5% (2023 yilda 46.7%) abituriyent 56,7 dan past ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘la olmadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика