1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

16-18-sentabr kunlari Yerni kuchli magnit bo'roni qoplaydi

Mutaxassislar uning ta'sirini kamaytiruvchi tavsiyalarni ulashdi.

16-18-sentabr kunlari Yerni kuchli magnit bo'roni qoplaydi

 

Mutaxassislar yaqin kunlarda Yerni kuchli magnit bo‘roni qoplashi haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda "Meteogen xabar berdi. 

 

Xususan, hodisa 16-18-sentabr kunlari kuzatiladi. 16-sentabr kuni bo'ron o'rtacha, 17-da  kuchli va 18-sentabrda yana o'rtacha bo'ladi.

 

Magnit bo'ronlarning ta'sirini minimallashtirish uchun mutaxassislar ortiqcha ishlamaslik, yetarlicha uxlash, spirtli ichimliklar, kofeinli ichimliklar, yog'li va zararli ovqatlardan voz kechishni tavsiya qiladi. Shuningdek, jismoniy faollikni kamaytirish va ochiq havoda ko'proq vaqt o'tkazish maqsadga muvofiqdir.

 

Avval ham Quyoshdagi kuchli chaqnash tufayli Yer sayyorasi magnit bo'roni bilan qoplangan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика