1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

16 fevral voqealarida qatnashib, qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi

U soxta hujjatlar asosida MDHga aʼzo davlatlardan birining fuqaroligini olib, o‘sha mamlakat hududida yashirinib yurgan.

16 fevral voqealarida qatnashib, qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi hududida terroristik jinoyatlarni sodir etganligi uchun 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “U.S.” xorijda ushlanib, mamlakatimizga olib kelindi.

 

Xususan, 1967 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan “U.S.” 1998 yilda Chechenistonda jangovar tayyorgarlikdan o‘tib, 1999 yilning 16 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etadi va o‘sha yilning mart oyida aylanma yo‘llar orqali xorijga chiqib ketadi.

 

Shuningdek, “U.S.” iordaniyalik Amir Xattob tomonidan Chechenistonda tashkil etilgan jangarilarni tayyorlash lagerlariga “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkilotining O‘zbekistondan bo‘lgan aʼzolarini jo‘natish bilan ham shug‘ullangan.

 

“U.S.” 2001 yilning noyabr oyida boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida MDHga aʼzo davlatlardan birining fuqaroligini olib, o‘sha mamlakat hududida yashirinib yurgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “U.S.” hibsga olindi.

 

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика