1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

17 iyun uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

17 iyun uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

17 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi, kunning ikkinchi yarmida shamolning tezligi sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja icciq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Respublikaning tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика