1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

18-aprel uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

Ayrim hududlarda yomg'ir yog'ishi kutilmoqda.

18-aprel uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

 

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 18-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 11-13, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика