1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

18-fevral uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Respublikaning ayrim hududlarida bugun qor yog‘ishi kutilyapti.

18-fevral uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

 

Bugun, 18 fevral kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qor yog‘adi. Kechqurun va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, Xorazm viloyatida 6-11, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi. 

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 11-16, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi. 

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qor yog‘adi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo viloyatida havo bulutli bo‘ladi, qor yog‘adi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Surxondaryo viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Xavfli qor uyumlari bo‘lishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика