1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2 nafar aldangan ayol O'zbekistonga qaytarildi

Ularga bepul aviachipta taqdim etilgan.

2 nafar aldangan ayol O'zbekistonga qaytarildi

 

Aldov yo‘li bilan Birlashgan Arab Amirligiga olib ketilgan ikki nafar o‘zbekistonlik ayol o‘z yurtiga qaytarildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 2023 yil 9 sentabr kuni O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligiga yordam so‘rab murojaat qilgan O‘zbekiston fuqarolari M.M. va K.D.ga BAAda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik diplomatlar va faol vatandoshlar amaliy yordam ko‘rsatgan.

 

Ayollarning aytishicha, ular firibgarlik yo‘li bilan ushbu mamlakatga olib kelinib, pasportlari olib qo‘yilgan. Ularga ish va’da qilgan shaxs vataniga qaytishiga to‘sqinlik qilgan.

 

Bosh konsullik tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ayollarning pasportlari qaytarilib, vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlangan. Ularga O‘zbekistonga bepul aviachipta taqdim etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика