1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

20-sentyabrdan maktablarga bepul yod tarqatiladi

Bu haftaning har chorshanbasida amalga oshiriladi.

20-sentyabrdan maktablarga bepul yod tarqatiladi

 

20-sentabrdan boshlab har chorshanba kuni barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yod preparatlarini bepul tarqatish boshlanadi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

 

Qayd etilishicha, Prezidentning PQ-5198-sonli qarorida 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul ta’minlash belgilangan.

 

Yod rivojlanayotgan organizm uchun eng muhim moddalardan biri hisoblanadi. Yod tanqisligi quyidagilarga olib kelishi mumkin:

 

➖ bo'qoqning rivojlanishi ,

➖qalqonsimon bez disfunksiyasi

➖bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishini sekinlashishi,

➖kretinizm.

 

Bolalarda yod tanqisligining eng og'ir oqibati ularning aqliy va jismoniy rivojlanishidagi kechikishdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика