Ommaviy ariza "Iqlim uchun kurashuvchi keksa ayollar" tashkiloti tomonidan topshirilgan bo‘lib, arizani shveysariyalik 2000 dan ortiq ayol imzolagan. Ularning o‘rtacha yoshi 73 yosh ekani qayd etilgan.
Ayollar hukumatni iqlim o‘zgarishiga qarshi yetarlicha kurashmaganlikda ayblamoqda.
Shveysariyada iqlim boshqa nuqtalarga nisbatan tezroq isimoqda, arizachilar bu ularning salomatligi, hatto hayotiga xavf solayotganini aytmoqda. Ular suddan hukumatga issiqxona gazlari uchun jarima solishni so‘ragan.
Mamlakatning o‘zida bu ayollar tashkiloti Oliy sudgacha bo‘lgan barcha instansiyalarda mag‘lub bo‘lgan.


