Hukumatning 2022-yil 12-apreldagi [178-son] qaroriga asosan eski namunadagi barcha haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha belgilangan:
- 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
- 2010-2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
- 2013-2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrgacha;
- 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.


