1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

2021-yilda o‘ta qashshoqlar soni dunyo miqyosida 23-35 million kishiga yetishi kutilmoqda

Pandemiya allaqachon o‘ta qashshoqlikda yashovchilar sonini 115 millionga ko‘paytirdi. Bu yil ularning soni ko‘proq bo‘ladi. Kambag‘al odamlar sonining bu qadar ko‘payishi bir necha o‘n yilliklardan beri kuzatilmayotgan edi. Shu bilan birga, hamma davlatlar ham qashshoq aholiga yordam qo‘lini cho‘zolmaydilar.

2021-yilda o‘ta qashshoqlar soni dunyo miqyosida 23-35 million kishiga yetishi kutilmoqda

BMT mutaxassisi kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mana shunday holatlarning oldini olish uchun Global ijtimoiy himoya fondi tashkil etishni taklif etmoqda.

  BMTning o‘ta qashshoqlik va inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Olive de Shutter «Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz ijtimoiy ta’minot huquqini amalga oshirish dolzarb masala ekanini isbotladi. Biroq, kam daromadli mamlakatlarda kambag‘allarning huquqlarini ta’minlash uchun etarli fiskal maydon mavjud emas ... », - deydi. 
 
  Olive de Shutterning ta’kidlashicha, hozirgi pandemiya singari sharoitlarda qashshoq mamlakatlarda ijtimoiy himoya darajasini saqlab qolish uchun global fondni yaratish zarur. 

COVID-19 pandemiyasi dunyodagi eng qashshoq odamlarga og‘ir yukni yuklamoqda, ular yordamisiz omon qololmaydilar.

Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin ham, dunyo aholisining aksariyati - 55 foizi yoki 4 milliard odam ijtimoiy himoyaga ega emas edi.  Bolalar nafaqasi dunyodagi har uchinchi boladan bittasigagina to‘lanadi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ilgari ijtimoiy himoyaga juda kam mablag‘ sarflangan va shu sababli COVID-19 pandemiyasi ko‘plab mamlakatlarni esankiratib qo‘ydi. Masalan, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida, turli xil ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlanish darajasi eng yuqori deya hisoblangan.  Shunga qaramay aniq bo‘ldiki, aholining atigi 42,5 foizigina qamrab olingan.

Pandemiya paytida ko‘plab davlatlar o‘z aholisini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatladi. Ammo butun dunyo bo‘ylab jami 2,7 milliard odam inqirozga qarshi turishda yordam olmadi. 
 
BMTning o‘ta qashshoqlik va inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Olive de Shutterning  BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga taqdim etgan hisobotida,  «Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyat birgina 2020 yilda tilanchilar sonining 88-115 million kishiga ko‘payishiga olib keldi va 2021 yilda ularning soni yanada oshishi va 23-35 million kishiga yetishi kutilmoqda», - deyiladi. 
Mutaxassis pandemiya oqibatlaridan saboq olish va jahon miqyosida ijtimoiy yordam tizimini kuchaytirish zarur deb hisoblaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика