1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

2021-yilning eng yaxshi filmi eʼlon qilindi

G‘olib film Yevropa kinoakademiyasi ijodkorlari tomonidan suratga olingan.

2021-yilning eng yaxshi filmi eʼlon qilindi

 

Mazkur film nomi “Qayerga ketyapsan, Aida?” dramasidir.

 

Film 1995 yili yuz bergan Bolqon mojarosi markazida qolib ketgan yaqinlarini qutqarish istagidagi tarjimon ayol – Aidaning taqdiridan hikoya qiladi.

 

Film rejissyor Yasmila Jbanovich tomonidan suratga olingan.

 

Yevropa kinoakademiyasi Yasmila Jbanovichni  “Yilning eng yaxshi rejissyori”, Aida obrazini ijro etgan Yasna Jurichichni esa  “Eng yaxshi aktrisa” deb eʼtirof etgan.

 

Maʼlumot uchun: “Qayerga ketyapsan, Aida?” dramasi  “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” yo‘nalishi bo‘yicha Oskar mukofotiga ham  asosiy daʼvogarlar safidan o‘rin olgan.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика