1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2021/2022 o‘quv yilidan akademik ta'til berishning yangi tartibi o‘rnatiladi

2021/2022 o‘quv yilidan akademik ta'til berishning yangicha tartibi o‘rnatiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

2021/2022 o‘quv yilidan akademik ta'til berishning yangi tartibi o‘rnatiladi

Yangi tartibga ko‘ra:

  • akademik ta'til olishni istagan talabalar o‘z ixtiyoriga ko‘ra akademik ta'til muddatiga ta'limning sirtqi va masofaviy shakliga o‘tkazilib (agar oliy ta'lim muassasasida bunday ta'limning shakllari mavjud bo‘lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta'lim olish imkoniyati yaratiladi;
  • oilasining betob a'zosini parvarish qilish sababli an'anaviy shakldagi ta'limni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan talabalarga ham akademik ta'tilni olish huquqi beriladi;
  • talabalarga o‘qish davomida akademik ta'til berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi;
  • akademik ta'tildan qaytgan talabalarni ilgari o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha qaytadan o‘qitish amaliyoti bekor qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика