1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

2022 yilda o‘ldirilgan jurnalistlar soni maksimal darajaga yetdi

Eng ko‘p OAV xodimlari Ukrainada halok bo‘lgan.

2022 yilda o‘ldirilgan jurnalistlar soni maksimal darajaga yetdi

 

Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasining Inson huquqlari kuni munosabati bilan qabul qilingan deklaratsiyasiga ko‘ra, 2022 yilda o‘ldirilgan jurnalistlar soni maksimal darajaga yetdi.

 

Joriy yilning 1 yanvaridan buyon 67 nafar OAV xodimlari hayotdan ko‘z yumgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 20 nafarga ko‘p. Jurnalistlar halok bo‘lgan mamlakatlarning qayg‘uli reytingida birinchi o‘rinda Ukraina turibdi. Rossiya bosqinining boshidan beri bu yerda 12 kishi halok bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarda Meksika (11 nafar jurnalist). Gaitida 6 ta mass-media vakili o‘ldirilgan.

 

Qayd etilishicha, siyosiy repressiya qurboniga aylangan jurnalistlar soni ham oshgan. Hozirda 375 nafar oav xodimlari panjara ortida. Xitoy va uning Gonkongdagi ittifoqchilari 84 nafar qamoqqa olingan jurnalistlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Myanma (64), Turkiya (51), Eron (34), Belarus (33), Misr (23), Rossiya va bosib olingan Qrim (29) Saudiya Arabistoni (11), Yaman (10), Suriya (9) va Hindiston (7) keyingi o‘rinlarda turibdi.

 

“Jurnalistikani himoya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rish vaqti keldi", — deyiladi bayonotda.

 

Shu maqsadda Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi BMTning navbatdagi Bosh Assambleyasida Jurnalistlarni himoya qilish va xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiyani ovozga qo‘yish niyatida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика