1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

2023-yilda global iqtisodiyot o‘sishi sekinlashadi

Bunga pandemiya, beqaror inflyatsiya,  moliyaviy stress va boshqa omillar sabab bo‘ladi.

2023-yilda global iqtisodiyot o‘sishi sekinlashadi

 

Jahon banki 2023-yilga kelib global iqtisodiy o‘sish sekinlashishini bashorat qildi. Bu shuni anglatadiki, 2022-yil davomida iqtisodiyot olti oy oldin bashorat qilinganidan 0,2 % sekinroq o‘sadi. Jahon bankining  eʼlon qilingan “Jahon iqtisodiyoti istiqbollari” hisobotida  ushbu maʼlumotlar qayd etildi.

 

Prognozning yomonlashishiga davom etayotgan COVID-19 epidemiyasi, fiskal rag‘batlantirishni qisqartirish, taʼminot muammolari, inflyatsiyani beqarorlashtirish, kutilmagan moliyaviy stress va mumkin bo‘lgan iqlim ofatlari taʼsir ko‘rsatdi. Hisobotga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda o‘sish 2021-yildagi 5 foizdan 2022-yilda 3,8 foizga va 2023-yilda 2,3 foizgacha pasayadi. Iqtisodiyoti kam rivojlangan mamlakatlarda o‘sish 2021-yildagi 6,3 foizdan 2022-yilda 4,6 foizga va 2023-yilda 4,4 foizga tushishi taxmin qilinmoqda. 2023-yil so‘ngiga  borib barcha rivojlangan davlatlar ishlab chiqarishni to‘liq tiklashga erishadi.

 

Avvalroq  "Omicron" shtammi tufayli jahonda aviatsiya sohasi katta zarar ko‘rgani haqida  xabar qilingandi.

 

Nasiba To'xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика