1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

2023-yilda Putin imzolangan farmonlarning yarmi maxfiy bo‘lgan

Rossiya prezidenti imzolagan 997 ta farmonning 49,5 foiziga maxfiylik maqomi berilgan, bu — rekord ko‘rsatkich.

2023-yilda Putin imzolangan farmonlarning yarmi maxfiy bo‘lgan

 

 

Rossiya prezidenti imzolagan 997 ta farmonning 49,5 foiziga maxfiylik maqomi berilgan, bu — rekord ko‘rsatkich.

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 2023 yilda imzolangan farmonlarning yarmi maxfiy bo‘lgan. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy saytidagi maʼlumotlarga tayanib “Mediazona” xabar berdi.

 

"Prezident farmonlari ketma-ket raqamlanadi, “hisoblagich” esa har yil boshida nolga tenglashtiriladi. Shu tariqa, o‘tkazib yuborilgan raqamlarni sanab, qancha farmon maxfiy bo‘lganini tushunish mumkin", — deyiladi xabarda.

 

2022-yilda Ukrainaga hujum davrida bunday maxfiy farmonlarning ulushi 45 foizgacha oshgan. 2023 yilda bu ko‘rsatkich rekord darajadagi 49,5 foizga yetdi. Yashirin farmonlar harbiy xizmatchilarni mukofotlash va urushga jalb qilingan mahkumlarni afv etish uchun ham qo‘llanadi. 

 

Shu bilan birga, harbiy harakatlarning ikkinchi yilida Putin tomonidan imzolangan farmonlar umumiy soni deyarli o‘zgarishsiz qoldi. 2022 yilda — 996 ta, 2023 yilda — 997 ta farmon imzolangan. Putin maxfiy farmonlar bo‘yicha avvalgi rekordni 2001 yilda o‘rnatgan edi — o‘shanda, Ikkinchi chechen urushi avjida bu ko‘rsatkich 47 foizni tashkil etgan, deb hisoblaydi “Mediazona”.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика