1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2023 yildan davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid maʼlumotlar majburiy eʼlon qilinadi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilingan.

2023 yildan davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid maʼlumotlar majburiy eʼlon qilinadi

 

2023-yil dan davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid maʼlumotlar majburiy tartibda eʼlon qilib boriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

 

1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda quyidagilar elektron portalga joylashtirib boriladi:

 

—ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;

 

—sotsial va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun tanlov o‘tkazilishi haqidagi eʼlonlar;

 

—kelgusi moliya yili uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish to‘g‘risida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki hududiy jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;

 

—NNTlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar, tuzilgan hamkorlik bitimlari, memorandumlar hamda berilgan davlat ijtimoiy buyurtmalari haqidagi maʼlumotlar;

 

—davlat ijtimoiy buyurtmalarini amalga oshirish jarayoni va natijalari, ajratilgan mablag‘larning sarflanishi haqidagi maʼlumotlar.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика