Bugun, 11-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilish davomida har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun kelgusi yildan “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilishi aytildi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi.
Bunda undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla byudjetida qoladi. Har yili 1-fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla byudjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar ro‘yxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi.
Kelasi yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.


