Bloomberg nashri 2023-yilning eng boy oilalari reytingini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dunyodagi eng boy oila 305 milliard dollar boyligi bilan BAAning hukmron sulolasi Ol Nahayonlar bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinda Walmart do‘konlar tarmog‘i asoschilari — Uoltonlar oilasi turibdi. Ularning boyligi 259,7 milliard dollarni tashkil etadi.
Uchinchi o‘rin Hermes modalar uyiga asos solgan va unga egalik qilayotgan oilaga tegishli — ularning daromadi 150,9 mlrd dollar.
Dunyodagi eng boy 25 ta oilaning daromadi 2023 yilda 1,5 trillion dollarga oshgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 43 foizga ko‘pdir.


