1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2024 yilda O‘zbekitonda 2 ming 203 nafar odam YTHda halok bo‘ldi. Eng ko‘p o‘lim uchta viloyatda kuzatilgan

Kuniga o‘rtacha 6 kishi avtohalokat sabab vafot etmoqda, 20 ta hududda avariyalar soni yuqoriligicha qolmoqda.

2024 yilda O‘zbekitonda 2 ming 203 nafar odam YTHda halok bo‘ldi. Eng ko‘p o‘lim uchta viloyatda kuzatilgan

Ayni paytda Prezident raisligida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari sohada o‘z yechimini kutayotgan masalalar ko‘pligini qayd etdi.

 

Jumladan respublikada yo‘l-transport hodisalari oqibatidagi zarar yalpi ichki mahsulotga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizni tashkil qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

 

O‘tgan yili 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu mudhish hodisalarda qariyb 9 ming fuqaro jarohat olgan.

 

Eng achinarlisi, avariyalar tufayli 2 ming 203 nafar odam halok bo‘lgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning olti oyida 20 ta hududda avariyalar soni yuqoriligicha qolmoqda.

 

Og‘ir oqibatli avariyalar keskin kamaygan tumanlar ko‘p. Mo‘ynoq, Nukus, Taxtako‘pir, Qonliko‘l, Yangiobod, To‘raqo‘rg‘on, Oqqo‘rg‘on, Sayxunobod, Buloqboshi, Ulug‘nor, Bandixon tumanlari va Ohangaron, Shirin, Nurafshon, Xonobod shaharlarida vaziyat yaxshilanib, birorta o‘lim bo‘lmadi.

 

Lekin Qiziltepa, Uychi, Paxtachi, Chust, Toyloq, Urgut, Shovot, Pastdarg‘om, Yakkabog‘, Qo‘shko‘pir, Xonqa, Denov, Peshku, Beruniy, Olmazor, Bektemir tumanlarida teskari vaziyat.

 

Soha uchun masʼullarga bizda har 100 ming aholiga o‘lim bilan bog‘liq avariyalar soni Hamdo‘stlik davlatlari ichida eng pastligi xotirjamlikka berilish uchun sabab emasligi ko‘rsatib o‘tildi.



“Afsuski, har to‘rtinchi avariyada 1 kishi yoki kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak”, - dedi Prezident.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика