Aniqlanishicha, 2024 yilda 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi oqibatida 2 ming 203 nafar inson halok bo‘lgan va 8 ming 901 nafar inson tan jarohati olgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishiga asosan fuqarolar tomonidan qonunchilikda belgilangan javobgarliklarni mensimaslik, amaldagi yo‘l harakati qoidalarini yaxshi bilmaslik sabab bo‘layotgani taʼkidlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun amaldagi qonun hujjatlarida taʼsir ko‘rsatuvchi omillar mavjud emasligi va bu bilan jazo muqarrarligi taʼminlanmagani yo‘l-transport hodisalari ko‘payishining asosiy sabablaridan biri bo‘lmoqda.
Qayd etilishicha, qonun bilan Jinoyat, JP hamda MJtKga yo‘l harakati xavfsizligiga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik choralari belgilanmoqda.


