1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

2025-yilda dunyodagi yashash uchun eng qulay shahar qaysi?

Daniya poytaxti yashash sifati bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi.

2025-yilda dunyodagi yashash uchun eng qulay shahar qaysi?

 

Daniya poytaxti Kopengagen birinchi bor The Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan tuzilgan dunyodagi yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. U uch yil ketma-ket peshqadamlikni saqlab kelgan Avstriya poytaxti Vena shahrini ortda qoldirdi. Bu safar Vena ikkinchi o‘ringa tushib, Shveytsariyaning Tsyurix shahriga o‘rin bo‘shatdi.

 

EIU tomonidan e'lon qilingan 2025-yilgi reyting 173 ta shaharni qamrab olgan bo‘lib, barqarorlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat va atrof-muhit, ta’lim hamda infratuzilma kabi asosiy ko‘rsatkichlarga asoslanib baholangan.

 

Kopengagen barqarorlik, ta’lim va infratuzilma yo‘nalishlarida eng yuqori — maksimal ball to‘plab, jahon miqyosida ilg‘or natija ko‘rsatdi. Velosiped madaniyati, ekologik barqarorlik va umumiy hayot sifati bilan mashhur shahar Daniya ijtimoiy farovonlik modelining yorqin namunasidir. Bepul ta’lim, arzon sog‘liqni saqlash tizimi va yuqori darajada rivojlangan jamoat transporti — bularning barchasi Kopengagen muvaffaqiyatining asosi bo‘ldi.

 

Reytingning kuchli o‘ntaligidan Melburn, Jeneva, Sidney, Osaka, Oklend, Adelaida va Vankuver shaharlari ham o‘rin oldi. Ayniqsa, Avstraliya shaharlari an’anaviy tarzda yuqori natijalarni ko‘rsatib, yashash sifati bo‘yicha barqarorlikni saqlab qolmoqda.

 

Avvalgi yillarda qulaylik bo‘yicha etalon hisoblangan Vena esa bu yil bir necha xavfsizlik hodisalari, jumladan Teylor Svift konsertida yuzaga kelgan portlash tahdidi sababli barqarorlik bo‘yicha past baho olib, o‘z liderligini yo‘qotdi.

 

Reytingning eng quyi pog‘onalarida esa katta o‘zgarish kuzatilmadi. Urushdan aziyat chekayotgan Damashq (Suriya) yana eng oxirgi o‘rinda qayd etildi. Eng og‘ir holatdagi shaharlar qatorida Dakka (Bangladesh), Tripoli (Liviya), Karachi (Pokiston) va Jazoir (Jazoir) ham mavjud — bu shaharlar siyosiy beqarorlik, iqtisodiy inqiroz va zaif infratuzilma bilan yuzlashmoqda.

 

EIU reytingi dunyodagi eng nufuzli shahar tahlillaridan biri bo‘lib, ko‘plab xalqaro kompaniyalar xorijda faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun yashash sharoitlarini baholashda undan foydalanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика