1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

2026-yildan Qirg‘iziston O‘zbekistonga suvni sotmoqchi

Qirg‘izistonda suv neft va gaz kabi qimmat resurs maqomiga chiqariladi.

2026-yildan Qirg‘iziston O‘zbekistonga suvni sotmoqchi

Qirg‘iziston 2026 yildan yangi Suv kodeksini joriy etib, suvdan foydalanishni to‘liq to‘lovli qilishni rejalashtirmoqda. Mazkur qaror Markaziy Osiyoda o‘nlab yillardan buyon amal qilib kelayotgan “yozda suv – qishda elektr energiyasi” almashinuv tizimini izdan chiqarishi mumkin.

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun masala ayniqsa muhim, chunki mintaqada qishloq xo‘jaligi hamda sanoat sohalari suv taʼminotiga qattiq bog‘liq.

 

2025 yil sentyabr oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston suv-energetika muvozanatini saqlash maqsadida vaqtinchalik bayonnoma imzolagandi. Biroq asosiy o‘zgarishlar 2026 yildan amalga oshishi kutilmoqda.

 

2025 yil 1 iyulda qabul qilingan va 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan yangi kodeksga ko‘ra, Qirg‘izistonda suv neft va gaz kabi qimmat resurs maqomiga chiqariladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика