1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

2030-yilga borib dunyoda tibbiyot xodimlari yetishmaydi—JSST

Eng katta tanqislik qashshoq mamlakatlarda kuzatiladi.

2030-yilga borib dunyoda tibbiyot xodimlari yetishmaydi—JSST

 

2030-yilga borib ko‘plab mamlakatlarda tibbiy xodimlar va nogironlar uchun parvarish qiluvchilar yetishmaydi. Bunday ishchilar taqchilligi 10 million kishiga yetishi mumkin.

 

JSST bosh direktorining maʼlum qilinishicha, ko‘plab shifokorlar yaxshi maosh va ish sharoitlarini izlab boshqa mamlakatlarga ketishadi. Koronavirus pandemiyasidan oldin ham ularning ko‘plari xavfli sharoitlarda — kam maosh va tegishli tayyorgarlikdan o‘tmagan holda ishlagan.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, shifokorlarning eng katta tanqisligi qashshoq mamlakatlarda yuzaga kelishi mumkin. Tashkilot barcha mamlakatlarni sog‘liqni saqlash va parvarishlash xodimlarini himoya qilishga va ularga sarmoya kiritishga chaqirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика