
Tashabbus doirasida:
- mahallalar;
- aholi yashash xonadonlari;
- ko‘p qavatli uy atroflari;
- guzar va xiyobonlar;
- ziyoratgoh va qabristonlar;
ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz yashovchi hamda nogironli mavjud yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari yaxshilanib, uy-joylarini taʼmirlashga ko‘maklashiladi.


