1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

21 ta OTMda qurilish materiallari sohasi kadrlari tayyorlanadi

Bu haqda “O‘zsanoatqurilishmaterillari” uyushmasi axborot xizmati rahbari maʼlum qildi.

21 ta OTMda qurilish materiallari sohasi kadrlari tayyorlanadi

 

Sohada qo‘shimcha ishchi resurslariga ehtiyoj 50 ming nafarni tashkil etadi.

 

Respublikaning 16 ta professional taʼlim muassasalarida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati bo‘yicha mutaxassislar tayyorlayotgan kasb-hunar maktablari va kollejlar bilan hamkorlikda 2026 yilga qadar 40 ming nafar o‘rta-maxsus maʼlumotli mutaxassis va ishchi tayyorlanishiga erishiladi.

 

Tarmoqda kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishda har yili 100 tagacha o‘rin ajratilmoqda.

 

Uyushma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-Yurt umidi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi “IT Center” Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining malaka oshirish markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2019/2020 o‘quv yili uchun 82 nafar, 2020/2021 o‘quv yili uchun 48 nafar, 2021/2022 o‘quv yili uchun 10 nafar, 2022/2023 o‘quv yili uchun 22 nafar xodimlarga jami 162 ta tegishli tavsiyanomalar berildi hamda ular oliy taʼlim muassasaslariga o‘qishga qabul qilindi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика