Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 23 yoshli kelin adirlik hududida o‘ziga benzin quyib, yoqib yubordi.
Maʼlum qilinishicha, tumanning “Birlashgan” MFY Savob ko‘chasida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan ayol A.R. “Navoiy” MFY o‘ramida joylashgan adirlik hududidga borgan va u yerda o‘ziga benzin quyib o‘zini yoqib yuborgan. Shu vaqtda ayol atrofda bo‘lgan odamlar tomonidan qutqarib qolinib, shifoxonaga olib ketilgan.
Tibbiy maʼlumotga ko‘ra, R.A.ning badani alangadan kuyib ketgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan u 7-mart kuni shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda o‘z joniga suiqasd qilgan A.R.ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, qaror ijro etishlik uchun yuborilgan.


