1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

24-may uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Respublikada 34 darajagacha issiq bo‘lishi kutilyapti.

24-may uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

24-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18, kunduzi 24-26 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va  Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi.  Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.  Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va  Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi  chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.  Kechasi  17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34  daraja issiq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi  sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.  Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика