1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun ijtimoiy soliq summasi davlat byudjetidan qoplanadi

Taʼkidlanishicha, joriy yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasining «Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan to‘liq qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomi» tasdiqlandi.

25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun ijtimoiy soliq summasi davlat byudjetidan qoplanadi

 

Unga ko‘ra:

ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so‘ralayotgan hisobot oyida yosh xodim 25 yoshdan oshmagan;

uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (elektron qayd) mavjud bo‘lgan yosh xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi ish beruvchiga qoplab beriladi:

Nizomda belgilangan choralar 2021 yil 1 maydan 2023 yil 15 yanvargacha to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berishga nisbatan tatbiq etiladi.

2022 yil dekabr oyi uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati 2023 yil 1 aprel kuni hisoblanadi.

Mazkur nizomda belgilangan choralar tatbiq etilishi uchun ish beruvchi soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatda turgan soliq organiga ijtimoiy soliq hisoboti taqdim etilganidan keyin 3 oydan kechiktirmasdan soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti orqali ariza taqdim etishi lozim.

Mazkur tartib byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика