1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. 25 yoshgacha xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq ish beruvchilarga to‘liq qoplab beriladi

16:19 / 26.04.2023

645

25 yoshgacha xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq ish beruvchilarga to‘liq qoplab beriladi

25 yoshgacha xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq ish beruvchilarga to‘liq qoplab beriladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

 

Bugun, 26 aprel kuni “Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to‘liq qoplab beriladi.

 

Bunda ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика