1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

26-dekabrdan 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqariladi

Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

26-dekabrdan 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqariladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2022 yilning 26 dekabridan boshlab nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishida pul belgilari muomalaga chiqarilishini maʼlum qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishidagi pul belgisi 2 xil rangdagi kombinatsiyadan iborat bo‘lib, ichki aylanasi sariq rangli mis va latun, tashqi aylanasi kumush rangli nikel qotishmasidan tayyorlangan.

 

Tanga diametri – 26,27 mm., ichki disk diametri – 17,6 mm., qalinligi – 1,6 mm., og‘irligi – 7,3 gr.

 

Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahrida bunyod etilayotgan “Islom sivilizatsiyasi markazi”ning binosi tasvirlangan.

 

Tasvirning pastki qismida botiq holda tanga qiymati “1000” raqami va lotin bosma harflarida “so‘m” so‘zi yozilgan.

 

Tanga orqa tomoni (revers) markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab bosma lotin harflarida aylanasimon ko‘rinishda “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.

 

Gerbning ostida tanga namunasi tasdiqlangan yil – “2022” raqami ko‘rsatilgan.

 

Tanganing yon qirrasi silliq ishlangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki shuni alohida qayd etadiki:

 

muomalaga chiqarilayotgan 1000 so‘mlik tanga ko‘rinishidagi pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2001 yil namunasidagi 1000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi;

yaʼni, 2001 yil namunasidagi 1000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi;

shuningdek, yangi ko‘rinishdagi ushbu pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика