1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

26 yoshli muhandis tok urishi natijasida vafot etdi

U ustunga radar o‘rnatayotgan bo'lgan.

26 yoshli muhandis tok urishi natijasida vafot etdi

 

Qibrayda ustunga radar o‘rnatayotgan 26 yoshli muhandis tok urib vafot etdi. U 6,5 metr balandlikda elektr simlarini ulash jarayonida havo elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan.

 

Toshkent viloyati, Qibray tumanida 2024 yil 1 may kuni muxandis elektr simlarini ulash jarayonida jarohatlanib, vafot etdi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi buyrug‘ida ma’lum qilindi.

 

Ta’kidlanishicha, hodisa 2024 yil 1 may kuni soat 17:20 larda sodir bo‘lgan. 1998 yilda tug‘ilgan kompyuter tarmog‘i muhandisi Sardorbek Madaminov Qibray tumani Universitet va Salar chorrahasida ishlayotib, tok urishi oqibatida vafot etgan. U 6,5 metr balandlikda elektr simlarini ulash jarayonida havo elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan.

 

Mazkur baxtsiz hodisani maxsus tekshirish uchun komissiya tuzilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика