1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonga AQSH dan 3 million doza “Moderna” kompaniyasi vaksinasi olib kelinadi

29 iyul kuni O‘zbekistonga AQSH dan 3 million doza “Moderna” kompaniyasi vaksinasi olib kelinadi.

O‘zbekistonga AQSH dan 3 million doza “Moderna” kompaniyasi vaksinasi olib kelinadi

 

Vaksinalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “COVAX” dasturi orqali ajratiladi va 29 iyul kuni AQSH ning Alabama shtatidan maxsus reys bilan O‘zbekistonga yetkaziladi, deya xabar berdi Dunyo axborot agentligi.

AQSH Oziq-ovqat va dori vositalari sifati nazorati boshqarmasi (FDA) 18 yoshdan katta shaxslarda COVID-19 ning oldini olish uchun Moderna vaksinasini maʼqulladi, u bir oylik oraliqda 2 dozada yuboriladi.

Bu vaksinani normal sovutgichda saqlash mumkin, bu esa vaksinalarning xududlarga taqsimlanishida qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика