1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

3-qavatdan yiqilgan yigit O‘zbekistonga olib kelindi

U Rossiyada mehnat faoliyatini olib borayotgandi.

3-qavatdan yiqilgan yigit O‘zbekistonga olib kelindi

 

O‘zbekiston fuqarosi A.T. 2022 yilning iyul oyida Krasnoyarsk o‘lkasining Minusinsk shahriga ishlash maqsadida borgan. Joriy yilning 3 iyul kuni ish paytida baxtsiz hodisa oqibatida, qurilish ob’yektining 3-qavatidan tushib ketadi va og‘ir tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

 

Shifoxonada o‘zbekistonlik fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shundan so‘ng, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan Krasnoyarsk – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta olib berilib, O‘zbekistonga qaytarildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика