Marokashda 32 metrli quduqqa tushib ketgan 5 yashar Rayan ismli bola voqeadan 3 kun o’tib qutqarilgani haqida xabar berilgandi. Qutqaruv operatsiyasi hatto televideniyeda jonli efir orqali namoyish etilgan.
Shundan so’ng bola orqa miya shikastlanishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va o’sha joyda vafot etgan.
Eslatib o’tamiz, 1-fevral kuni marokashlik Xolid Auram tushdan keyin suv inshootini ta’mirlayotgan vaqtda uning o’g’li to’satdan diametri 45 cm bo’lgan quduqqa tushib ketgan.


