1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

4–5-dekabr kunlari Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmoqda — O‘zgidromet

Kunduzgi harorat 12–15 darajadan 8–11 darajagacha pasayadi.

4–5-dekabr kunlari Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmoqda — O‘zgidromet

 

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati kelgusi hafta uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 4–5 dekabr kunlari poytaxtda uzoq kutilgan yog‘ingarchilik kuzatiladi. Mutaxassislarning qayd etishicha, yomg‘ir asosan yengil bo‘lib, shahar atmosferasida to‘plangan changni kamaytirishga va havoni yangilashga yordam beradi.

 

1–3-dekabr kunlari mamlakat hududlarida quruq va barqaror ob-havo saqlanib qoladi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, 3-dekabr kuni kunduzgi harorat 12–15 darajagacha yetadi.

 

4–5-dekabr kunlarida O‘zbekistonga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keladi. Shimoliy viloyatlar bundan mustasno, respublikaning ko‘p hududlarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor aralash yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzgi harorat 6–11 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, 1–5-dekabr kunlari tungi harorat -3…-2 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim hududlarda tuman tushishi, shamol esa sharqdan yengil yoki o‘rtacha tezlikda esishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика