1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

4 hududga yangi hokim tayinlandi

Yaqinda prezident videoselektorda 12 ta hokimni ishdan bo‘shatishga topshiriq bergandi.

4 hududga yangi hokim tayinlandi

 

Abatbay Daniyarov Nukus shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

Ergashev Dilmurod Bekmuradovich Navoiy shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

 

Sultanov Baxram Begdullayevich Qonliko‘l tumani hokimi etib tayinlandi U tayinlovga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB departament direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

 

Davletov Anvar Kenjayevich Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика