Bir oydan ko‘proq vaqt oldin Kolumbiyada bortida sakkiz kishi bo‘lgan yengil motorli samolyot Kolumbiyada halokatga uchradi. Bir necha kundan keyin harbiylar halokat joyini aniqladilar. Samolyot vayronalari orasidan kattalarning jasadlari topilgan, biroq bolalarning izlari yo‘q edi.
40 kundan keyin 13, 9, 4 va 1 yoshli to‘rt qiz topildi. Bolalar suvsizlanib, ularning badanini hasharotlar chaqib tashlagan, ammo ularning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti. Xabar qilinishicha, ularning barchasi mahalliy hindu qabilalaridan biriga mansub va yovvoyi tabiat bilan muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun tirik qolgan.


