1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

4 ta hududda “soliqchilar” ishdan bo‘shatilib, unvonidan mahrum qilindi

Ular faoliyati davomida jiddiy xato-kamchiliklarga yo‘l-qo‘ygan.

4 ta hududda “soliqchilar” ishdan bo‘shatilib, unvonidan mahrum qilindi

 

4-noyabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi rahbarligida qo‘mitaning navbatdagi Hay’at majlisi o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda ayrim hududlarda byudjetga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish, QQS manfiy summalarni qoplab berish bo‘yicha tadbirkorlik subektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqishda sansolarlikka yo‘l qo‘yilayotganligi hamda soliq organlari tomonidan mavjud raqamlashtirish yangi instrumentlari orqali yetishtirilgan paxta hosilni hisobini yuritish va o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solishda qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetarlicha ko‘maklashilmayotganligi muhokama qilingan. 

 

Yo‘l qo‘ygan jiddiy xato-kamchiliklari uchun Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi DSBlarining 4 nafar mas’ullari maxsus unvonlaridan mahrum etilib, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Shuningdek, 4 nafar rahbar va mas’ullarning intizomiy javobgarliklari ko‘rib chiqilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика