1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

4 tonnadan ziyod "Ai-92" benzini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bu "O‘zenergoinspeksiya" o'tkazgan tezkor tadbirda ma'lum bo'ldi.

4 tonnadan ziyod "Ai-92" benzini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

 

Ichki ishlar vazirligining Andijon viloyat boshqarmasi va "O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahri, "Ishchilar" MFY istiqomat qiluvchi fuqaro M.Sh. o‘z xonadonida texnik talablarga zid ravishda benzin yoqilg‘isini sotayotganligi ma'lum bo‘ldi.

 

Xususan, ushbu xonadonda bo‘lgan yuk avtomashinadan jami 4 tonna 910 litr "Ai-92" markali benzin yoqilg‘isini bo‘sh yelim idishlarga quyib olinayotganda aniqlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlar natijasida ushbu benzin yoqilg‘isini Farg‘ona shahrida joylashgan “MCHJ"ga qarashli korxonadan hech qanday hujjatlarsiz (yuk xati, shartnomasiz, sertifikatsiz) jami 47 mln 900 ming so‘mga sotib olinganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика