1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

5 kun oralig‘ida  “Call – markazi”ga jami 1 512 ta murojaatlar kelib tushgan

Sohliqni saqlash sohasi vakillari tomonidan berilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 15 dekabrdan 20 dekabrga qadar 1512 ta murojaat kelib tushgan vaularning 973 tasi tibbiyot xodimlaridan, 539 tasi esa fuqarolardan.

5 kun oralig‘ida  “Call – markazi”ga jami 1 512 ta murojaatlar kelib tushgan

 

Taʼkidlanishicha, tibbiyot xodimlarining murojaatlaridan:

 

·        783 tasi (80 foiz) o‘z yechimini topdi;

 

·        190 tasi (20 foiz) ijro jarayonida.

 

Toshkent shahrining tibbiyot xodimlaridan kelib tushgan murojaatlar hududlar kesimi yuzasidan 158 ta (mavjud murojaatlarning 16,2%) bilan eng yuqori o‘rinni egallagan. Eng past ko‘rsatkich esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan — 27 ta (2,8%).

 

Sog‘liqni saqlash tizimiga tegishli 746 ta murojaatlar kelib tushgan.

Ulardan:

 

·        495 tasi (67 foiz) tibbiyot hodimlaridan;

 

·        251 tasi (33 foiz) fuqarolardan.

 

Xududlar kesimi bo‘yicha fuqarolardan eng ko‘p murojaat kelgan hudud ham Toshken shahri hisoblanadi.  Mazkur xududda 69 ta murojaat qabul qilingan. Ikkinchi o‘rinni Qashqadaryo, uchinchi o‘rinni esa Surxondaryo viloyati egallagan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 117 ta murojaatlar kelib tushdi.

 

 Shulardan:

 

·        89 tasi (77 foiz) tibbiyot hodimlaridan;

 

·        28 tasi (23 foiz) fuqarolardan.

 

 Hududlar bo‘yicha tahlil:

 

158 ta — Toshkent shahri;

 

100 ta — Qashqadaryo viloyati;

 

 89 ta — Farg‘ona viloyati;

 

82 ta  — Andijon viloyati;

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan 544 ta murojaatlar to‘g‘ri kelmoqda.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика