1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

5 nafar vazir deputatlikka saylandi

Ular orasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham bor.

5 nafar vazir deputatlikka saylandi

Saylov natijalariga ko‘ra, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Adliya vaziri Akbar Toshqulov, Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov, Xalq taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayevlar deputatlikka saylandi.

 

Shuningdek, deputatlar orasida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktori va boshqa taniqli shaxslar ham bor.

 

Saylov kodeksiga ko‘ra, partiya ro‘yxati bo‘yicha saylanib, mandatga ega bo‘lgan deputat mandatdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya ro‘yxatidagi tartib raqam bo‘yicha keyingi nomzodga bir kunlik muddatda xabarnoma yuboradi.

 

Yaʼni, shartli vazir mandatini qaytarib bersa, ro‘yxat bo‘yicha mandat olmagan nomzodga mandat beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика