Besh oy avval «faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun» ishdan olingan «O‘zbekiston temir yo‘llari» sobiq raisi Husnutdin Xosilov yana sohaga qaytdi. U kompaniyaning bosh muhandisi etib tayinlandi.
Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq:
Narzullayev Zufar G‘iyasovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi lavozimiga;
Raxmetov Xikmatulla Narzullayevich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining transformatsiya, raqamlashtirish va moliya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi lavozimiga;
Kamildjanov Abdumalik Abduvaxitovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining tashishlar va logistika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;
Rizayev Elyor Abdumalikovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining temir yo‘l obyektlarini taʼmirlash va qurish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tasdiqlandi.


