1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

5 ta viloyatda sud raislari o‘zgardi

Ular o‘z arizalariga ko‘ra lavozimdan ozod etilgani aytilmoqda.

5 ta viloyatda sud raislari o‘zgardi

 

Bir nechta viloyat sudlarining raislari o‘zgardi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi maʼlum qildi.

 

Prezidentning tegishli farmoyishi bilan:

 

Farhodjon Boqijonovich G‘aniyev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Andijon viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi lavozimidan ozod etildi;

Akram Gayratovich Shukurov – sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi lavozimidan ozod etildi.

 

Shuningdek:

 

Uchqun Xolboyevich Ro‘ziyev – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan);

Akrom Jo‘raqulovich Utayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan);

Shuhrat Maratovich Kamolov – sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan);

Farrux Soyibjonovich Abduraimov – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudi sudyasi lavozimida ishlagan) tayinlangan.

Prezidentning tegishli farmoyishiga muvofiq o‘z arizalariga asosan quyidagilar lavozimidan ozod etilgan:

Talʼatjon Baxtiyorovich Meliboyev – Andijon viloyat sudining raisi lavozimidan;

Luqmon Muxtorovich Qodirov – Buxoro viloyat sudining raisi lavozimidan;

O‘tkirjon Bo‘ronovich Jumayev – Jizzax viloyat sudining raisi lavozimidan;

Bahodir Xusainovich Polvanov – Xorazm viloyat sudining raisi lavozimidan.  

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика