Nepallik alpinist Kami Rita Everestni 29 marta zabt etib, rekord o‘rnatdi. Sportchi muvaffaqiyatli ko‘tarilishlar soni bo‘yicha o‘zining rekordini yangiladi, deya xabar beradi alpinist ishlayotgan tog‘ ekspeditsiyasini tashkil qiluvchi kompaniya.
Kami Rita taxminan 30 kishidan iborat alpinistlar guruhiga rahbarlik qilgan. Ular may oyi boshida Everest etagidagi bazaviy lagerga yetib kelishdi va O‘shandan beri tog‘ga chiqish uchun to‘g‘ri vaqtni kutishmoqda.
Hozir Kami Rita 54 yoshda. U birinchi marta 24 yoshida Everest cho‘qqisiga chiqqan. O‘tgan yili alpinist 42 marta kamida 8000 metr balandlikdagi cho‘qqini zabt etib, o‘zining jahon rekordini yangiladi.


