1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

55 nafar hokim yordamchisi jazolandi

Ular tadbirkorlar murojaatini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmagan.

55 nafar hokim yordamchisi jazolandi

 

Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim hokim yordamchilari tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

 

Vazirlar Mahkamasining 373-son qaroriga asosan, hokim yordamchisi tadbirkorning kredit olish uchun arizasini 5 kun ichida ko‘rib chiqib, Yagona elektron platformaga o‘z xulosasini kiritishi shart.

 

Ammo Jizzax viloyatidagi 55 nafar hokim yordamchisi ushbu talabga rioya qilmagan. Ularning harakatsizligi oqibatida 110 dan ortiq tadbirkorning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmadi.

 

Zomin tumanidagi "Yaxshi niyat" (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ rahbarining kredit olish uchun arizasi belgilangan muddatdan 60 kunga kechikib ko‘rib chiqilgani bunga misol bo‘la oladi. Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика